TALABALAR BILAN HAMNAFAS

Andijon davlat chet tillari instituti Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularning holidan xabar olish va zaruriy shart-sharoitlar yaratish institut mehnat jamoasining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi.

Kuni kecha Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili o’qitishning integrallashgan kursi kafedrasi mudiri J.Egamberdiyev boshchiligida kafedra professor-o’qituvchilari ayni shu maqsadlarni amalda tatbiq etish uchun Talabalar turar joyida bo’ldilar.

Mas’ullar talabalar yashovchi xonalarga tashrif buyurib, ular bilan suhbatlar olib bordilar. Suhbatlar davomida talabalarning dars mashg’ulotlaridagi ishtiroki, nazorat sinovlariga tayyorgarligi, dasrdan tashqari vaqtdan nimalar bilan o’zlarini band qilayotganlari yuzasidan fikrlar almashinildi.

Leave a Reply

Skip to content