TALABALAR TURAR JOYINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O’RGANILDI

Andijon davlat chet tillari instituti 2 ta Talabalar turar joyi mavjud. 1-Talabalar turar joyi 460 o’rinli, 2-Talabalar turar joyi esa 660 o’rinli, jami 1 120 talaba bir vaqtning o’zida iatiqomat qilish imkoniga ega.

Kuni kecha institut rektori D.A.Rustamov Talabalar turar joyida bo’lib, binolarning «Kuz-qish mavsumi»ga tayyorgarlik holatini ko’zdan kechirdi.

Ayni vaqtda mas’ullar tomonidan qozonxonalarning so’nggi sinov ishlari amalga oshirilayotgani guvohi bo’lgan rektor Dilshodbek Abduvahidovich joriy yilgi qishki mavsumni betalofat o’tkazish bo’yicha har qanday imkoniyatni ishga solish, talabalar va ularning ota-onalarining turar joydan ko’ngillari to’lishiga erishish yuzasidan mutaxassislarga ko’rsatmalar berib o’tdi.

Bundan tashqari qurilishi olib borilayotgan DXSh asosidagi yangi Talabalar turar joyida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishib, xonalar holati, ularning jihozlanishi, qattiq mebellar sifatiga e’tibor qaratish lozimligi bo’yicha mas’ullarga topshiriq berdi.

Leave a Reply

Skip to content