2017-yildan boshlab O‘zbekiston turizm sohasi boshqa sohalar qatori jadal rivojlantirilib, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Qisqa vaqt ichida misli ko‘rilmagan normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami, jumladan, Turizm to‘g‘risidagi qonun qabul qilinib, mazkur sohani bosqichma-bosqich isloh qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratildi.
Bugun – 29.10.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutining Xonobod shahridagi Turizm laboratoriyasida bo’lib o’tayotgan «Turizm sohasida sotsial media, mahalliy madaniyatlar va gid hamrohligi munosabatlari» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.
Anjumanni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov ochib berdi va anjumandan ko’zlangan asosiy maqsadlarni tushuntirib o’tdi.
Shundan so’ng yalpi majlis tashkil qilindi. Unda institut professor-o’qituvchilari, boshqa OTMlari hamda xorijiy mutaxassislar sohani rivojlantirishda e’tibor qaratilishi zarur bo’lgan jihatlar bo’yicha ma’ruza qildilar.
Kunning ikkinchi yarmida xorijlik sayyohlar uchun Xonobod shahrining turizm manzillari bo’ylab sayohat tashkil qilindi.