QABUL JARAYONLARI BOSHLANISHIGA OZ FURSAT QOLDI
Andijon davlat chet tillari instituti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura, tayanch doktorantura va stajor-tadqiqotchilik uchun qabul e’lon qiladi:
1. 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti;
2. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik;
3. 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi;
4. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha).
Hujjatlar 2024-yilning 15-sentyabridan 15-oktyabriga qadar Yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi.
Talabgorlar: https://daraja.ilmiy.uz/ rasmiy sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun @adchti_ilmiy1 telegram manziliga murojaat qilish mumkin