Andijon shahridagi «Bolalar bog’i»da 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo’lib o’tmoqda.
Jumladan, ayni vaqtda sportning shaxmat-shashka, arqon tortish, kurash turlari bo’yicha Andijon davlat chet tillari instituti hamda Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti xodimlari, professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida musobaqalar bo’lib o’tmoqda.