26-IYUN – XALQARO GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH KUNI MUNOSABATI BILAN DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI

 

Insoniyat taraqqiyotining yangi-yangi cho’qiilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug’diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri – giyohvandlik balosi.

Giyohvandlik nafaqat bu illat bilan shug’ullanuvchilarga, balki butun jamiyatga tahdid soladi. Shuning uchun ham har yili «26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni» sifatida keng nishonlanadi.

Bugun – 25.06.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida  «Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni» munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Dastlab Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor B.Axmedov nutq so’zlab, davra suhbatini ochib berdi. Shundan so’ng, Andijon shahar IIOFMB TKXJKB tezkor vakili leytenant M.Tursunboyev, institut profilaktika katta inspektori B.Xodjayev talabalarga mavzu haqida yetarlicha ma’lumot berdilar. Suhbat davomida talabalarga videorolik qo’yib berildi hamda talabalar o’zlari qiziqqan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

Leave a Reply

Skip to content