OROMGOHDA KUN QUYOSHNI QARSGI OLISH BILAN BOSHLANDI

Tun pardasi ochilar asta,

Chiqib kelar sahnaga quyosh.

Kelinchakdek boʻlib orasta,

Gul salomdan koʻtaradi bosh.

Hovli goʻyo yuvilgan chinni,

Yoʻllar goʻyo artilgan oynak.

Qutlash uchun yangi bu kunni,

El oyoqqa turar jonsarak…

Hayotning har lahzasi goʻzal,

Umrning har dami gʻanimat.

Andijon davlat chet tillari instituti Talabalar yozgi o’quv oromgohi ishtirokchilari bugungi kunni quyosh chiqishi, tong otishini kuzatish bilan boshladilar.

Leave a Reply

Skip to content