FAKULTET KENGASHINING NAVBATDAGI YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

Bugun – 25.05.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultet dekani K.Karimov boshchiligida fakultetning navbatdagi kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Ushbu kengash yig’ilishida institutimizning Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedogagik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshlig’i B.Sotvoldiyev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayns nazorat» tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Sh.Mamajonov ishtirok etib o’z fikrlarini bildirdilar.

Yig’ilishda o’quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlardagi masalalar ko’rib chiqildi. Fakultet tomonidan rejalashtirilgan aniq chora-tadbirlar muhokama etildi.

Shuningdek, fakultetda ijro intizomiga doir va boshqa bir qator tanqidiy masalalar ham ko‘rilib, kelgusida qilinishi lozim bo’lgan ishlar jamoaviy kelishib olindi.

Leave a Reply

Skip to content