REKTOR VA DOKTORANTLAR UCHRASHUVI BOʻLIB OʻTDI

 

Andijon davlat chet tillari instituti tashkil qilingan vaqtda institutning ilmiy salohiyati 17,4 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2 yil ichida ushbu ko’rsatkich 2 barobardan ham ortib 40,7 foizga yetdi.

Yaqin yillarda ushbu raqamlar salmog’i yanada ortishi aniq. Chunki hozirda Andijon davlat chet tillari institutida 51 nafar doktorant, stajor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchi o’z ilmiy faoliyatini olib bormoqda. 2024-yilda esa ularning soni 70 nafarga yetishni rejalashtirilgan.

Bugun – 23.05.2024-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida «Rektor va doktorantlar» uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuvda rektor Dilshodbek Abduvahidovich tomonidan institutning ilmiy salohiyatini oshirish bo’yicha istiqbolli rejalarga to’xtalib o’tilib, yig’ilish qatnashchilaridan umidlari katta ekanini ta’kidlab o’tdi.

Institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.Kurbanov ham so’z olib, doktorantlar, stajor-tadqiqotchilar bilan olib borilayotgan ishlar, ularga yaratilgan sharoitlar, yo’ lga qo’yilayotgan xalqaro hamkorliklar haqida to’xtalib o’tdi. Uchrashuv davomida doktorantlar ham o’zlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar holati, rejalari haqida hisobot berdilar.

Leave a Reply

Skip to content