Fransiya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan O’zbekiston davkat Yosh tomoshabinlar teatrida joriy yilning 16-17-may kunlari o’tkazilgan «Fransuz tili teatr festivali» bo’lib o’tdi.
Ushbu festivalda Andijon davlat chet tillari institutining Roman-german va slavyan tillari fakulteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasining teatr jamoasi o’zining «Passion des mots» («So’zlar ishtiyoqi») nomli sahna ko’rinishi bilan ishtirok etdi.
Yakuniy natijalariga ko’ra jamoamiz festivalning «Eng yaxshi sahna ko’rinishi uchun» nominatsiyasida mutloq g’olib deb topilib, tashkilotchilarning maxsus sovriniga sazovor bo’lishdi.
Mazkur festival talabalarni fransuz tili va madaniyatini yanada ishtiyoq bilan o’rganishlarida muhim ahamiyat kasb etdi.