
Bugun – 13.05.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga Xitoy xalq respublikasining Sian petrolim universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Dastlab delegatsiya a’zolari institutning Ilmiy ishlar bo’yicha prorektori M.Kurbanov tomonidan kutib olindi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari institutning o’quv va ilmiy sohalaridagi faoliyati bilan tanishtirildi. So’ng Roman-german va slavyan tillari fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: xitoy tili ta’lim yo’nalishining 1-bosqich talabalari bilan uchrashdilar.
Tashrif yakunida esa Sian Petrolium universiteti rahbariyati Andijon davlat chet tillari instituti rasmiy delegatsiyasini Xitoy xalq respublikasiga taklif etib, insitutimiz bilan ta’lim va ilm-fan sohalarida, jumladan, institutning barcha ta’lim bosqichlarida qo’shma ta’lim dasturini yo’lga qo’yish, akademik almashinuv hamda xorijiy malaka oshirish va stajirovkalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.