PROFESSOR-OʻQITUVCHILAR VA TALABA-YOSHLAR UCHUN DAVRA SUHBATI TASHKIL QILINDI

 

2024-yil 29-aprel kuni “O‘zbekistonda rus tili haftaligi” doirasida Rossiyaning A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti dotsenti T.Kudoyarova va “Zlatous” nashriyoti bosh direktori S.Golubevlar Andijon davlat chet tillari institutiga tashrif buyurib, institutda ilmiy nashrlarni chop etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, xorijiy hamkor institut bilan avval tuzilgan shartnoma talablariga muvofiq Andijon davlat chet tillari instituti professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari tomonidan tayyorlangan har qanday ilmiy nashrlarni “Zlatous” nashriyotida bepul chop etish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

Leave a Reply

Skip to content