Xabaringiz bor, 25.05.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida Sejong koreys tili markazi tomonidan xalqaro 5-SKA dasturining dastlabki imtihonlari tashkil qilinib, unda vodiylik 300ga yaqin talabgorlar ishtirok etgan edilar.
Ushbu imtihonlardan kerakli natijalarni qayd etgan talabgorlarga sertifikat topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. 2,4,5-darajali sertifikatlarni O’quv ishlari boʻyicha prorektor E.Kurbanov talabalarga topshirdi va muvaffaqiyatlari bilan tabrikladi.
Janubiy Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Andijon davlat chet tillari instituti koreys tili yoʻnalishi talabalariga sovgʻa tariqasida 50 dan ortiq oʻquv qo’llanma va badiiy kitoblar ham berildi.
Text box item sample content