“REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” BOʻLIB OʻTDI

Andijon davlat chet tillari institutiga mahalladagi qizil toifadagi yoshlarni aniqlash, ularning muammolarini oʻrganish boʻyicha Baliqchi tumanidagi Sirmoq MFY biriktirilganligi va u yerda institut rahbariyati tomonidan koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirib kelinayotganligi haqida avvalgi xabarlarimizda ma’lumot bergan edik.

Bugun – 27.04.2024-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov Sirmoq MFYda istiqomat qiluvchi bir guruh qizil toifaga kiruvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini oʻrgandi.

Uchrashuv davomida 4 nafar yoshning muammolari toʻliq oʻrganilib, ijobiy yechim topildi.

Leave a Reply

Skip to content