Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti tyutori S.Eshonqulov boshchiligidagi bir guruh faol talabalar ichki turizmni rivojlantirish va yurtimizning goʻzal goʻshalari bilan tanishish maqsadida sayohat tashkil qildilar.
Andijonning eng goʻzal manzillaridan biri boʻlgan Bogʻishamol dahasiga sayohat qilgan talaba-yoshlar dahaning goʻzal tabiatidan bahra olib qaytdilar.