‘’PAYSHANBA – SPORT KUNI’’ BADANTARBIYA BILAN BOSHLANDI

Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari institutida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jismoniy madaniyatni shakllantirish maqsadida haftaning har payshanba kunini ‘’Sport kuni’’ sifatida oʻtkazish an’anasi yoʻlga qoʻyilgan.

Bugun – 25.04.2024-yil kuni institut Sport klubi murabbiyi F.Mirzayev boshchiligida  Talabalar turar joyida kunni badantarbiya mashg’ulotlari bilan boshladilar.

Kun davomida institut sport zalida barcha sport turlari boʻyicha mashgʻulot va musobaqalar boʻlib oʻtadi.

Shu munosabat bilan professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlarni ushbu loyihada faol boʻlishga chorlab qolamiz!

Leave a Reply

Skip to content