Bugun – 22.04.2024-yil kuni Andijon viloyati Andijon shahar 41-umumiy oʻrta ta’lim maktabida ham Andijon davlat chet tillari instituti rektori filologiya fanlari doktori (DSc), professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov sovrini uchun tumandagi 9 va 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Ingliz tili fan olimpiadasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Institutning Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov hamda Ingliz tilining nazariy aspektlari kafedrasi mas’ulligida tashkil qilingan ushbu olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan soʻng institutning Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori E.E.Kurbanov ochilish nutqini soʻzladi, soʻngra dekan K.Karimov, dekan oʻrinbosari O.Vositovlar ishtirokchilar va ularning ustozlariga olimpiadani oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad haqida fikrlar bildirdi.
Shundan soʻng barchaga omad tilab, ishtirokchilar guruhlar kesimida xonalarga taklif qilindi.