Yuqorida xabar berganimizdek, Andijon davlat chet tillari instituti rektori sovrini uchun oʻtkazilayotgan Ingliz tili fan olimpiadasining Andijon shahar bosqichi yakuniga yetib, gʻolib hamda sovrindorlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Taqdirlash marosimida institut rektori D.A.Rustamov bilan bir qatorda Andijon shahar hokimi Gʻ.Gʻ.Abdurahmonov, Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshligʻi R.R.Karimovlar ham ishtirok etdilar.
Olimpiada ishtirokchilari, ularning Ustozlari va Ota-onalari uchun tashkil qilingan konsert dasturidan soʻng rahbarlar soʻzga chiqib, hozirda yurtimizda yoshlarning ilm olishiga, xususan, chet tillarini oʻrganishiga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab oʻtdilar va Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan tashkil qilingan ushbu fan olimpiadasining oʻquvchi-yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olingani xususida fikrlar bildirdilar.
Shundan soʻng 9 va 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida olimpiadaning gʻolib hamda sovrindorlariga aylangan yigit-qizlar esdalik sovgʻalari, diplom hamda vaucherlar bilan taqdirlandilar.