Bugun – 19.04.2024-yil kuni Andijon viloyati Xo’jaobod tumani 9-umumiy oʻrta ta’lim maktabida ham Andijon davlat chet tillari instituti rektori filologiya fanlari doktori (DSc), professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov sovrini uchun tumandagi 9 va 11-sinf o’quvchilari o’rtasida Ingliz tili fan olimpiadasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Institutning Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov hamda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mas’ulligida tashkil qilingan ushbu olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan so’ng dekan K.Karimov ochilish nutqini soʻzladi, soʻngra kafedra mudiri V.Vositov, dekan oʻrinbosari O.Vositovlar ishtirokchilar va ularning ustozlariga olimpiadani oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad haqida fikrlar bildirdi.
Shundan soʻng barchaga omad tilab, ishtirokchilar guruhlar kesimida xonalarga taklif qilindi.
Olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari aniqlanib, ularni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori B.R.Axmedov tabrikladi va ilm olishdan toʻxtamaslikka targ’ib qilib, mas’ullar hamrohligida maxsus diplom va esdalik sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdi. Endi ular viloyat bosqichida asosiy sovrin uchun bellashadilar.