
Badantarbiya qilishda tez-tez yo‘l qo‘yiladigan xatolar:
➖ bir xil mashqlar organizmni zeriktiradi;
➖ havo yaxshi aylanmaydigan xonada mashq qilish organizmga quvvat bermaydi;
➖ noqulay kiyim erkin harakat qilishga xalaqit beradi;
➖ haddan tashqari intensiv mashqlar va og‘ir jismoniy yuklamalar charchashga va bo‘g‘imlarda og‘riqqa sabab bo‘ladi;
➖ mashq bajarishdan oldin organizmni, ya’ni bo‘g‘im va mushaklarni qizitish mashqlarini bajarmaslik oqibatida jarohatlar olish mumkin.
Bizning talabalar esa bugun – “Payshanba – sport kuni” murabbiy F.Mirzayev boshchiligida TTJ hovlisida, ochiq havoda, oʻzlari qulay his qiladigan kiyimlarda mashqlarni bajarmoqdalar. Bu esa, albatta, har bir organizm uchun kun davomida yetarli boʻladigan energiya va yaxshi kayfiyatni berishi tayin.