Andijon davlat chet tillari instituti hamda “VodiyQuiz” ijodkorlari hamkorligida tashkil qilingan “LinguaQuiz” ligasining 3-tur bellashuvlari bugun – 16.04.2024-yil kuni institut sport zalida boʻlib oʻtdi.
Unda jami 20 ta jamoa qatnashdi. Jumladan, institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida “Rektorat” jamoasi ham ushbu turdan oʻz ishtirokini boshladi.
Tur yakunida esa ushbu turning gʻoliblari quyidagicha koʻrinish oldi:
1-oʻrin: “RGSTF” jamoasi;
2-oʻrin: “Buxgalteriya” jamoasi;
3-oʻrin: «Ma’muriyat 1” jamoasi.
Eslatib oʻtamiz, jamoalar yana 2 tur davomida bellashadilar, 5 tur yakuniga koʻra eng yuqori ochko toʻplagan 10 jamoa finalga yoʻl oladi.