Bugun – 08.04.2024-yil kunidan Andijon davlat chet tillari institutida Abay nomidagi Qozogʻiston milliy pedagogika universitetining professor-oʻqituvchisi A.D.Kadiyev tomonidan ilmiy hamjamiyatda oʻzlarining ilmiy salohiyatini oshirish va yuzaga chiqarishga intilayotgan olimlar, tadqiqotchilar, professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar uchun maxsus ishlab chiqilgan “Ilmmetriya asoslari, ilmiy nashrlar va loyiha(Grant) talabnomalarni tayyorlash metodikasi” malaka oshirish kursiga start berildi.
Kurs davomida quyidagilarni oʻrganishingiz mumkin:
Ilmmetriya dunyosiga kirish: ilmiy ishingizning ta’sirini baholash uchun zamonaviy vositalar va usullardan foydalanishni oʻrganasiz.
Maqola yozishni o’rgatuvchi Master-klass: maqolalaringiz eng yaxshi ilmiy jurnallarga qabul qilinishi uchun ularni qanday yozish va tuzishni bilib olasiz.
Kursning afzalliklari:
Amaliy mashg‘ulotlar va ma’lumotlarni mustahkamlash uchun;
Sizning ishingiz va loyihalaringiz haqida individual fikr-mulohazalar;
Akademik va ilmiy-tadqiqot dunyosida raqobatbardoshligingizni oshiradigan, kursni muvaffaqiyatli yakunlaganligingiz toʻgʻrisida sertifikat.