“PAYSHANBA – SPORT KUNI” BADANTARBIYA BILAN BOSHLANDI

Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari institutida sog’lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy madaniyatni shakllantirish maqsadida haftaning har payshanba kunini «Sport kuni» sifatida o‘tkazish an’anasi yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun – 04.04.2024-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida rahbar-xodimlar hamda talaba-yoshlar Talabalar turar joyida kunni badantarbiya mashg’ulotlari bilan boshladilar.

Kun davomida institut sport zalida barcha sport turlari bo‘yicha mashg‘ulot va musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni ushbu loyihada faol bo‘lishga chorlab qolamiz!

Leave a Reply

Skip to content