Xabaringiz bor, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish hamda o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida «Ma’rifat maydoni» Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qilgan edi.
Esingizda bo’lsa, ushbu ko‘rik-tanlovning institut bosqichi ham bo‘lib o‘tgan va ushbu bosqichda Roman-german va slavyan tillari fakulteti «Yog‘du» jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Bugun – 04.04.2024-yil kuni ushbu tanlovning Andijon viloyati bo‘yicha hududiy bosqichi institutlar kesimida o‘tkazildi. Tanlovda institutimiz jamoasi ham uchta shart bo’yicha faol ishtirok etdi viloyatda mavjud 7 ta OTMlari o’rtasida 4-o‘rinni egalladi.