Andijon davlat Chet tillari instituti boshlang‘ich tashkilot yetakchisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid farmon, qaror va farmoyishlari, yoshlar yetakchilarining boshlang‘ich tashkilot faoliyati, yetakchilar Kengashi hamda yoshlar ittifoqi faoliyatiga oid bilim darajasi o‘rganildi.
Shuningdek, Oliy ta’limda tashkil etilgan boshlang‘ich tashkilot yetakchisi xonasining talab darajasida ekanligi hamda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish va targ‘ibot ishlarini yuqori saviyada tashkil etilganligi, yillik ish rejasining bajarilish holati ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan kamchiliklarni to‘g‘rilab qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma va amaliy yordam berildi.