OLTINKOʻLLIK MAKTAB BITIRUVCHILARI INSTITUT BILAN TANISHDILAR

Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonov joriy yilning 16-mart kuni Oltinkoʻl tumani Qoʻshkoʻprik MFYda boʻlib, u yerdagi 25-umumta’lim maktabi bitiruvchilari bilan suhbatlashgan, ularning kelgusi maqsadlari bilan qiziqib, Oliy ta’limda oʻqishni davom ettirish yuzasidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtgan edi. Suhbat yakunida esa bitiruvchilarni Andijonda faoliyat olib borayotgan OTMlari faoliyati bilan tanishishlari, oʻzlari qiziqqan yoʻnalish boʻyicha toʻliq taassurotga ega boʻlishlari uchun ekskursiya tashkil qilish boʻyicha mas’ullarga topshiriq bergandi.                            

Bugun – 18.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga viloyat hokimi bilan uchrashgan yoshlar – Oltinkoʻl tumani 25-umumta’lim maktabi bitiruvchilari – “Ochiq eshiklar kuni” dasturi asosida tashrif buyurdilar va institut boʻylab sayohat qildilar.

Ushbu sayohat davomida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor E.Kurbanov hamrohlik qilib, institut Sport zali, Axborot resurs markazi, “Besh muhim tashabbus markazi”, ALTAIIM binosi, fakultetlar, kafedralar, oʻquv xonalari bilan tanishtirib oʻtdi.

Institut rektori D.A.Rustamov ham maktab bitiruvchilari bilan uchrashib, ularning maqsadlari haqida suhbatlashdi, institutning kelajakda oʻzi uchun belgilab olgan vazifalari haqida suhbatlashdi.

Leave a Reply

Skip to content