
Bugun – 15.03.2024-yil kuni Fargʻona viloyati “Islom Karimov” nomidagi sanʼat saroyida “QVZ Vodiy ligase”ning navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan 11 ta jamoalar ishtirok etdi. Xususan, Andijon davlat chet tillari institutining iqtidorli yoshlaridan iborat “Antanta” jamoasi ham bu galgi bellashuvda oʻzining qiziqarli chiqishlari bilan qatnashdilar.
“Antanta” jamoasining bu galgi chiqishlari muxlislar va hakamlar hay’ati a’zolariga manzur kelib, ijobiy baholanganidan so’ng, ilk “doʻppi”ni (hakamlar oʻz ovozlarini maxsus belgi – doʻppi orqali bermoqdalar) qoʻlga kiritdilar.
Ushbu muvaffaqiyat bilan jamoani tabriklagan holda kelgusi oʻqish va ishlarida omad, zafarlar tilab qolamiz.