Oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” respublika tanlovining hududiy bosqichlari boʻlib oʻtmoqda.
Jumladan, bugun – 13.03.2024-yil kuni Andijon viloyatidagi OTMlari oʻrtasida viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda Andijon davlat chet tillari institutining “Ibrat” jamoasi R.Muxammadjonov qalamiga mansub “Davlat bolalari” asarini sahnalashtirgan holda tanlovda ishtirok etdilar.
Tanlov yakuniga koʻra, jamoa vakili Toʻlqinboyev Nurmuhammad “Eng yaxshi ijodkor talaba” nominatsiyasida tengsiz deb topilgan bo’lsa, umumjamoa hisobida institut teatr jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.