Andijon davlat chet tillari institutida talabalarni “OpenBudjet”da ovoz bermagani uchun yotoqxonadan chiqarmagani toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan ma’lumotlardan xabaringiz bor.
Ayni shu masalada institut rektori D.A.Rustamov tezkor yigʻilish chaqirdi. Yigʻilishda barcha prorektorlar, rektor maslahatchisi, boʻlim boshliqlari, dekanlar, kafedra mudirlari va dekan oʻrinbosarlari ishtirok etdilar.
Yigʻilishni ochib bergan Dilshodbek Abduvahidovich barcha mas’ullarga professor-oʻqituvchilar yoki talaba-yoshlarni “Tashabbusli Budjet”ga ovoz berish jarayonlarida majburlash holatlarini yuzaga keltirmaslik bo’yicha topshiriqlar berdi.
Ushbu yigʻilish yakunida esa bunday holat yuzaga kelishining oldini olmaganligi uchun Talabalarni turar joy bilan ta’minlash va muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi koʻrildi.