Andijon davlat chet tillari instituti umumta’lim maktablari bilan doimiy aloqada boʻlib kelayotgani, ular bilan turli tadbirlar, master klass darslari amalga oshirayotganini avvalgi xabarlarimizda e’lon qilib kelmoqdamiz.
Endi esa hamkorlikning yangi bosqichiga qadam tashlandi. Bugun 12.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori E.E.Kurbanov Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Baliqchi hamda Oltinko’l ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻlib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shundan soʻng ikki tomon manfaatlari inobatga olingan memorandum imzolab qaytdi.
Memorandum shartlariga koʻra Andijon davlat chet tillari instituti professor-oʻqituvchilari ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchi hamda oʻquvchilari uchun yangi metodik texnologiyalar joriy etgan holda darslar tashkil qilib berishi, iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularning uzluksiz ta’lim olishiga va yetuk kadrlar bo’lib yetishishiga koʻmaklashishdan iborat.