OʻSH MAMLAKAT UNIVERSITETI BILAN ONLAYN MULOQOT TASHKIL QILINDI

Bugun -15.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillar instituti hamda Oʻsh mamlakat universiteti oʻrtasida oʻzaro talabalar almashinuvi dasturi boʻyicha onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda institutimiz vakillari sifatida Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Sh.Ermatov, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov, Ingliz tili amaliyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari, Oʻsh mamlakat universitetidan institutimizga kelib, akademik mobillik asosida Ingliz tili va adabiyoti fakultetida tahsil olayotgan talabalardan 5 nafari hamda ana shu talabalarning guruhdoshlari qatnashdilar.

Ushbu onlayn suhbatda 4 haftalik akademik mobillik asosida oʻqiyotgan mehmon talabalar institut hayoti, ta’lim jarayonlari, talabalar turar joyidagi yaratilgan sharoitlar hamda oʻzbek millatining madaniyati va an’analari haqida olayotgan taassurotlari haqida gapirib oʻtdilar.

Bundan tashqari mas’ullar ikki tomonga manfaatli loyihalar ustida suhbat olib bordilar.

Leave a Reply

Skip to content