
Bugun “Ingliz tili va adabiyoti” fakulteti tyutorlari tomonidan 8 Mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni»munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni fakultetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari O. Vositov ochib berdi. Ahamiyatli tomoni shundaki, tadbir yana bir muhim sana Andijon viloyati tashkil topgan kunning 83 yilligiga hamʻbagʻishlandi. Tadbir jarayonida “Mohir qoʻllar” toʻgaragi a’zolari bayramona guldastalar tayyorladilar.
Tadbirda goʻzal yurtimizni,onalarni, farovon hayotni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.