Ayol – millat kelajagi, hayot davomchisi. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon bo‘ladi. Ayol mehnati bilan jamiyat to‘laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi.
Ayol bir qo‘li bilan – beshikni, bir qo‘li bilan dunyoni tebratadi, deydilar. Farzandni dunyoga keltirish va barkamol qilib o‘stirish ota-onadan ko‘p mehnat talab qiladi. Farzandning halol-pok, tartib-intizomli, mehnatsevar bo‘lib o‘sishida onaning o‘rnini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.
Andijon davlat chet tillari institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan institutda faoliyat olib borayotgan ayol xodimlar va talaba-qizlar institut rektori D.A.Rustamov boshchiligidagi rahbariyat vakillari, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yigitlar tomonidan erta tongda bayramona kutib olindi.