Andijon davlat chet tillari instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106 son farmonini tegishliligicha ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Andijon davlat chet tillari instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumni imzolashdan maqsad iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzliksiz tizimini tashkil etish, institut professor oʻqituvchilari maktab-internati oʻquvchi-yoshlariga borib dars mashg’ulotlari o’tkazishi shuningdek doimiy hamkorlikda ish olib borishdan iboratdir.