“INSTITUT GID TARJIMONI” LOYIHASI AMALGA OSHIRILMOQDA

Andijon davlat chet tillari instituti ko’plab xalqaro OTMlar bilan hamkorlik oʻrnatgan boʻlib, institutga ularning delagatsiyasi tashriflari ham amalga oshirilmoqda.

Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani A.Ataboyev va Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi mudirasi M.Qosimovalar tashabbusi bilan institutga tashrif buyuruvchi mehmonlarga xizmat ko’rsatish maqsad qilingan “Institut gid tarjimoni” loyihasiga qo’l urildi.

Kafedra professor-oʻqituvchilari A.Bozorbekov, U.Mirzakamolov va T.Gʻaniyevalar loyihada ishtirok etishni istagan talaba-yoshlar uchun seminar-trening oʻtib berdilar.

Leave a Reply

Skip to content