KAFEDRAGA YANGI XONA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili amaliyoti kafedrasi uchun yangi xona foydalanishga topshirildi.

Ushbu tadbirda institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor M.Kurbanov, Ishlar boshqarmasi boshligʻi F.Dumayev, axborot xizmati rahbari A.Yunusov, fakultet dekani K.Karimov, kaferda mudiri M.Xoshimov hamda kafedra a’zolari ishtirok etdilar.

Tadbirni ochib bergan D.Rustamov kafedra a’zolarini yangi xona bilan tabriklagan holda, ularning faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi. Shundan soʻng kafedra a’zolari ham oʻz fikrlarini bildirib, yaratilgan sharoitlarga munosib javob bergan holda talabalarga sifatli ta’lim berish yoʻlida mehnat qilishda bardavom boʻlishlarini ta’kidladilar.

Leave a Reply

Skip to content