Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida institutning rasmiy veb-sayti faoliyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda veb-saytning dizayni, undagi institut rahbariyati, boshqarma va boʻlimlar, markazlar, fakultet va kafedralar haqida ma’lumotlarining toʻgʻri va toʻliq kiritilgani tekshiruvdan oʻtkazildi.
Qolaversa, “Yangiliklar” boʻlimiga institutda olib borilayotgan ishlarning joylab borilish holatiga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.
Rektor D.Rustamov tomonidan har bir xato-kamchilik birma-bir tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, veb-saytni takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.