TALABA-QIZLAR OʻRTASIDA VOLLEYBOL BOʻYICHA MUSOBAQA OʻTKAZILDI

Mohiyatan, sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois, Oʻzbekistonda sport bilan shugʻullanish ommaviy tus olmoqda. Sogʻlom turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kun sayin koʻpayib borayotgani ham fikrimiz dalilidir.

Bugun – 28.02.2024-yil kuni institut sport zalida talaba-qizlar oʻrtasida volleybol sport turi boʻyicha fakultetlararo musobaqa oʻtkazildi.

Yakuniy natijalar quyidagicha koʻrinish oldi:

1-oʻrin: Ingliz tili va adabiyoti fakulteti;

2-oʻrin: Ingliz filoligiyasi oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti;

3-oʻrin: Roman-german va slavyan tillari fakulteti.

Leave a Reply

Skip to content