ANDIJONDA QORAQALPOQ YOSHLARI UCHUN IMKONIYATLAR KENGAYMOQDA

Xabaringiz bor, joriy oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning maxsus qarori asosida Oliy ta’lim muassasalari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoshlariga qoʻshimcha kvotalar ajratilgan edi.

Hozirda Andijon viloyatida ham yuzlab qoraqalpoq yoshlari ta’lim olishmoqda. Ularga viloyat hokimligi tomonidan qator imtiyozlar taqdim etib kelinmoqda.

Ushbu imtiyozlarning namunasi o’laroq Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori B.R.Axmedov Andijon viloyati Transport boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan jamoat transport vositalaridan bepul foydalanish guvohnomasi topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu 6 nafar talabaga Talabalar turar joyi badal pulining 50 foiziga chegirma taqdim etilgan edi.

Leave a Reply

Skip to content