TALABALAR MUZEYGA SAYOHAT QILDILAR

Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti tyutori S.Eshonqulov oʻzining bir guruh faol talabalari bilan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga bordilar.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Respublikadagi boy tarixga ega boʻlgan ilmiy-ma’rifiy maskan hisoblanadi.

Muzey fondida viloyatimizning taniqli rassom va xalq amaliy san’ati ustalarining koʻrgazmalari mavjud. Muzey xazinasidan ulkan tarix va tabiatni aks ettiruvchi 70 mingdan ortiq arxeologik, etnografiya yodgorliklari, noyob arxiv hujjatlari, qo‘lyozma asarlar, fotomateriallar va boshqa muzey ashyolari, kolleksiyalari joy olgan. Talaba-yoshlar bularni ko’zdan kechirib, bir olam taassurot oldilar.

Leave a Reply

Skip to content