Andijon davlat chet tillari institutiga qizil toifaga kiritilgan hamda oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichi past boʻlgan Asaka tumanidagi 20, 62-umumta’lim maktablari biriktirilgan.
Institut mas’ullari maktablarda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan uchrashib, maktabgacha ta’lim va umumiy oʻrta ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar bo’yicha ma’lumotlar berdi.
Oʻrganishlar soʻnggida institutning maktablar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish, oʻquvchilarni rivojlanishiga koʻmaklashish va kasbga oʻrgatish boʻyicha aniq va maqsadli rejalar tuzib olindi.