Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 76-moddasiga ko‘ra, davlat oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hamda u jamiyat va davlat muhofazasida ekanligini saqlab qolgan holda, nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanishi belgilanmoqda.
Bugun – 23.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida “Nikoh va oila huquqi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda rektorning Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi N.Qodirova, fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi M.Uraimova, “Nemis tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri O.A’zamov hamda talaba-qizlar ishtirok etdilar.