Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov tashabbusi bilan Talabalar turar joyida ‘’Talaba bilan bir kun’’ loyihasi amalga oshirilgan edi.
Talabalar hayoti bilan tanishish jarayonida TTJdagi kutubxonaga tashrif buyurgan rektor D.Rustamov u yerdagi kitobxon talabalar bilan suhbatlashgan va ularning fikr hamda takliflarini tinglagan edi. Takliflarning birida esa talabalar kutubxona fondiga hozirda ommalashgan, koʻplab yoshlarning qiziqishiga sabab boʻlayotgan oʻnlab asarlarni kiritish lozimligiga toʻxtalib oʻtilgan edi.
Bugun institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori B.Axmedov hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor E.Kurbanovlar roʻyxatda keltirilgan kitoblarni institut rektori nomidan TTJ kutubxonasiga topshirdilar.