Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat chet tillari instituti Boshlang’ich tashkiloti koordinatorligi uchun kasting e’lon qilingan edi.
Suhbat jarayonlaridan soʻng Yoshlar ittifoqi institut Kengashining yangilangan koordinatorlar tarkibi aniqlab olindi. Ushbu yangilangan tarkib bilan instutut birinchi prorektori B.Axmedov yigʻilish oʻtkazdi.
Dastlab B.Axmedov soʻz boshlab, koordinatorlarga faoliyati davomida qilinishi kerak boʻlgan ishlar haqida tushunchalar berib oʻtdi. Har bir koordinator kelgusida amalga oshirishni rejalashtirgan loyiha va rejalari bilan tanishtirib oʻtdi.