Xabaringiz bor, bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida Marhamat tumanida boʻlib, u yerda iqtidorli va faol yoshlar bilan uchrashdi.
Quvonarli jihati shundaki, ushbu uchrashuvda Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti talabasi Rajabova Farizod ham ishtirok etdi.
Bundan tashqari Farizod Prezident tomonidan esdalik sovgʻasi bilan ham taqdirlandi!