“NAVOIY DAHOSI” NOMLI RASMLAR TANLOVI GʻOLIB HAMDA SOVRINDORLARI E’LON QILINDI

Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari institutida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Navoiy dahosi” nomli rasmlar tanlovi tashkil qilingan edi.

Ushbu tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlar institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B.R.Axmedov boshchiligida institut prorektorlaridan iborat ishchi guruh tomonidan koʻzdan kechirilib, quyidagicha baholandi:

1-oʻrin: Jabborova Muxlisa – Roman-german va slavyan tillari fakulteti FTOʻ: rus tili yoʻnalishi 2-bosqich talabasi;
2-oʻrin: Abdurahmonova Zarina – Roman-german va slavyan tillari fakulteti FTOʻ: rus tili yoʻnalishi 2-bosqich talabasi;
3-oʻrin: Ikromova Xusnida – Ingliz tili va adabiyoti fakulteti XTA: ingliz tili yoʻnalishi 2-bosqich talabasi.

Leave a Reply

Skip to content