
Andijon davlat chet tillari institutida “Hamisha barhayot siymolar” haftaligi davom etmoqda.Roman-german va slavyan tillari fakulteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri M.Ishanjanova boshchiligida kafedra professor-oʻqituvchilari institut Axborot resurs markazida boʻlib, ikki buyuk siymo – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburlar ijodi bilan tanishdilar.