KUN DAVLAT MADHIYASI IJROSI BILAN BOSHLANDI

Madhiya tanatanali qo‘shiq bo‘lib, rasmiy davlat marosimlari, bayram tantanalarida, davlat delegatsiyalari, mehmonlarni kutib olish va kuzatish chog‘ida ijro etiladi.

Bugun – 08.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutining barcha mehnat jamoasi va talaba-yoshlari birgalikda davlatimiz ramzi hisoblanmish Madhiyani ijro etishdi. Bu ham vatanparvarlikning bir koʼrinishi, desak mubolagʼa boʼlmaydi.

Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinchligimiz, osoyishtalik, millatlar aro totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

Leave a Reply

Skip to content