
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning tugʻilgan kuni tobora yaqinlashayotgani tufayli institutimizda koʻplab tadbir va chellenjlar boʻlib oʻtmoqda.
Jumladan, bugun – 07.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti tyutorlari O.Azimova, S.Eshonqulov hamda N.Mo’minova tomonidan «Navoiyxonlik kechasi» oʻtkazildi. Ushbu tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi boʻlim uslubchisi M.Saliyeva va fakultet dekan oʻrinbosari B.Botirov ochib berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Alisher Navoiyning goʻzal gʻazal va she’rlaridan namunalar, raqslar ijro etdilar, shuningdek, dutor musiqiy asbobi yordamida ajoyib kuy bilan tomoshabinlarning kayfiyatini koʻtardilar.