
Fundamentalizm — muayyan taʼlimot aqidalarining oʻzgarmasligini eʼlon qiladigan, eʼtiqodni aql dalillaridan ustun qoʻyadigan, ilohiy kitoblardagi vahiy qaysi maʼnoda yozilgan boʻlsa, shu maʼnoda qabul qilinishini talab etadigan, ularni majoziy maʼnoda talqin etishga har qanday urinishlarni rad etadigan ijtimoiy, mafkuraviy, diniy yoʻnalish.
Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Fakultet tyutori A.Ashuraliyevga biriktirilgan talabalar ishtirokida oʻtkazilgan mazkur davra suhbatida rektorning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi N.Qodirova, dekan oʻrinbosari B.Botirov, Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri O.Azamovlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan tushunchalar berib oʻtdilar.